» » Toshkentda kunduz payti bozor yaqinida 43 mln so‘m o‘g‘irlagan xavfli bosqinchilar qo‘lga olindi

Toshkentda kunduz payti bozor yaqinida 43 mln so‘m o‘g‘irlagan xavfli bosqinchilar qo‘lga olindi


2018-yilning 4-mart kuni taxminan soat 15:30 larda noma’lum shaxslar “Toshkent savdo markazi” bozori yonida fuqaro K.B.ga hujum qilib, 43300000 so‘m puli va Samsung rusumli uyali telefonini bosqinchilik yo‘li bilan egallab oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shundan so‘ng jabrlanuvchining avtomashinasidan foydalangan holda bir necha kilometr masofa bosib o‘tib, uni turar joy uylari yonida qoldirgan va egallab olingan mol-mulk bilan jinoyat sodir etilgan joydan yashiringan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Sergeli tumanida yashovchilar — muqaddam sudlangan, 1991-yilda tug‘ilgan X. Sherzod va 1978-yilda tug‘ilgan M. Mirzohid sodir etganliklari aniqlandi.

Sodir etilgan jinoyatning og‘irlik darajasi va jinoyatchilarning shaxsini inobatga olib, ularni Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv bo‘limining malakali xodimlari va maxsus bo‘lim xodimlari bilan hamkorlikda ushlash haqidagi qarorga kelindi. Qo‘lga olish davomida jinoyatchilar faol qarshilik ko‘rsatib, yashirinishga uringaniga qaramay, ular zararsizlantirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют