» » Aralash qoidalar jangining O‘zbekistonda rivojlanishi uchun qadam tashlandi va MMA federatsiyasi tashkil etildi

Aralash qoidalar jangining O‘zbekistonda rivojlanishi uchun qadam tashlandi va MMA federatsiyasi tashkil etildi


O‘zbekistonda MMA federatsiyasi ish boshladi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.

Federatsiyaning ish boshlaganiga bag‘ishlangan yig‘ilish Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 6-mart kuni o‘tkazilgan. Federatsiya rahbari etib kikboksing bo‘yicha jahon chempioni Sunnat Ilyosov saylangan.

Aralash qoidalar jangi sport turi dunyoda tobora ommaviylashib bormoqda. Xususan, o‘zbekistonlik bir qator jangchilar xorij oktagonlariga chiqib, Osiyoda katta obro‘ga ega bo‘la boshlagandi. Endi esa MMA federatsiyasi o‘zbekistonlik sportchilarni o‘zida jamlashga harakat qiladi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, MMA federatsiyasi Aralash qoidalar jangi san’ati xalqaro federatsiyasi (IMMAF) litsenziyasini ham qo‘lga kiritib ulgurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 23:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют