» » Olimlar qanday qilib itlar bilan yaxshiroq gaplashish kerakligini tushuntirib berdi

Olimlar qanday qilib itlar bilan yaxshiroq gaplashish kerakligini tushuntirib berdi


Itlar bilan xuddi yosh bolalar kabi erkalash ohangida, kichraytirish va erkalash birikmalarini ishlatgan holda munosabatda bo‘lish kerak. York universiteti olimlari shunday xulosaga keldi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Tadqiqotchilar bir qator tajriba o‘tkazgan. Tajribalar chog‘ida it ikki nafar noma’lum kishini eshitgan. Birinchi kishi hayajonga berilmasdan, neytral ohangda gapirgan, ikkinchisi esa yumshoq ohangda gapirgan va itni “yaxshi bola” deb erkalagan.

Tajribalarda ishtirok etgan barcha itlar ikkinchi kishini ko‘proq diqqat bilan eshitgan va u bilan yaxshi o‘ynagan.

Olimlarning ma’lum qilishicha, ko‘pchilik odamlar uy hayvonlari bilan gaplashayotganda ovoz ohangi va mimikani o‘zgartiradi, biroq tajribalar ko‘rsatdiki, baland ohang va nutqning alohida tempi haqiqatdan ham inson va it o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют