» » Shveysariya olimlari itlar aldashni bilishini isbotladi

Shveysariya olimlari itlar aldashni bilishini isbotladi


Syurix universiteti olimlari tajriba o‘tkazib, itlar o‘z manfaatlari yo‘lida odamlarni manipulyatsiya qila olishi (o‘z yo‘rig‘iga sola olishi)ni isbotladi, deb yozadi Meduza.

Eksperimentda turli zotlarga mansub 27 ta it ishtirok etdi. Hayvonlar qarshisiga uchta quti qo‘yildi: birinchi qutida mazali sosiska, ikkinchisida itlar uchun pechenye bor edi, uchinchisi esa bo‘sh edi. Itlar navbat bilan ikki kishini qutilar yoniga olib borishi kerak edi. Bunda eksperimentning birinchi ishtirokchisi qutidagi yegulikni itga berishi, ikkinchisi esa o‘ziga olib qolishi kerak edi.

Jonivorlar odamlarni manipulyatsiya qilishni tezda o‘rganib oldi. Agar kuchukka yegulikni bo‘lishadigan odam “duch kelsa”, u bu odamni sosiskali quti yoniga olib bordi, yegulikni o‘ziga qoldiradigan odamni esa bo‘sh qutiga olib bordi.

Syurix universiteti olimi Marianna Xeberleyn so‘zlariga ko‘ra, itlar qat’iy qoidalarga rioya qilmagan va o‘z xulqida misli ko‘rilmagan o‘zgaruvchanlikni namoyon qilgan.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют