» » Reuters: FQB Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi yuzasidan uchta tekshiruv olib bormoqda

Reuters: FQB Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi yuzasidan uchta tekshiruv olib bormoqda


Federal qidiruv byurosining uchta bo‘linmasi Rossiyaning AQShdagi prezident saylovlariga taxminiy aralashuvi yuzasidan tekshiruvlar olib bormoqda. Bu haqda Reuters Amerika hukumatidagi manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi Meduza.

Demokratik partiya milliy qo‘mitasining kompyuter tizimiga uyushtirilgan xakerlik hujumlarini tekshirish bilan FQBning Pittsburgdagi boshqarmasi shug‘ullanmoqda, u, Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, kiberjinoyatlarga ixtisoslashgan. Boshqarma xodimlari hujum uchun javobgar odamlarni aniqlashtirishga urinmoqda.

San-Fransiskodagi boshqarma Guccifer 2.0 nomi ostida ma’lum bo‘lgan va Hillari Klintonning saylovoldi shtabi rahbari Jon Podestaning yozishmalarini e’lon qilgan xakerlar shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.

FQB kontrrazvedkasi olib borayotgan uchinchi tekshiruv AQSh prezidenti Donald Tramp doirasiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Rossiya kompaniyalari va fuqarolarining moliyaviy operatsiyalarini tekshirishga qaratilgan.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют