» » AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimi vitse-admiral Garvardga taklif etildi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimi vitse-admiral Garvardga taklif etildi


AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimini AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni sobiq o‘rinbosari vitse-admiral Robert Garvardga taklif etdi. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston va Iroqdagi operatsiyalarda ishtirok etgan vitse-admiral prezidentning taklifini qabul qilgan. Oq uydagilar ushbu ma’lumotni izohlamadi.

Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimi Maykl Flinn Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Sergey Kislyak bilan muzokaralari atrofida yuzaga kelgan shov-shuv tufayli iste’foga chiqqanidan so‘ng bo‘shab qolgan edi. Uni prezident Donald Trampning inauguratsiyasidan oldin Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni muhokama qilishda gumon etishgandi.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют