» » Tesla’ning haydovchisiz yuk mashinasi birinchi marta yuk yetkazib berdi

Tesla’ning haydovchisiz yuk mashinasi birinchi marta yuk yetkazib berdi


Tesla’ning haydovchisiz elektr yuk mashinasi birinchi marta yuk yetkazib berdi. Kompaniya asoschisi Ilon Mask tayyorgarlik va jo‘natish jarayonlari aks etgan suratni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joyladi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinalari Tesla avtomobillari uchun Sparks shahridagi zavodga va Frimont shahridagi yig‘ish konveyeriga akkumulyatorlar yetkazib bergan.

Business Insider’ning yozishicha, yuk mashinalari 2019-yilga qadar seriyali ishlab chiqarishga qo‘yilmaydi. Mask yuk mashinasining namunasini 2017-yilning noyabr oyida namoyish etgan. Shundan so‘ng Tesla’ga Pepsi, Walmart va Anheuser-Busch kompaniyalaridan yuk mashinalari uchun buyurtma kelib tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют