» » Kim Chen In Trampga “iloji boricha tezroq” uchrashishni taklif qildi

Kim Chen In Trampga “iloji boricha tezroq” uchrashishni taklif qildi


KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya delegatsiyasi orqali AQSh prezidenti Donald Trampga yaqin vaqtlar ichida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi, deb yozadi “RBK”. Mart boshida KXDRga tashrif buyurgan Janubiy Koreya delegatsiyasi rahbari, mamlakat prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yon aytishicha, Tramp taklifni qabul qilgan.

Chon Iy Yon Trampga Shimoliy Koreyaga safar tafsilotlari haqida gapirib bergan. Xususan, u Pxenyanning yadrosizlanish tarafdori ekanligi, shuningdek, Kim Chen Inning raketa sinovlaridan voz kechishga tayyorligini ma’lim qilgan. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya yetakchisi AQSh va Janubiy Koreyaning rejali harbiy mashg‘ulotlari davom etishi kerakligini tan olgan.

Yon KXDRga bosim Pxenyanning so‘zlari amalda o‘z isbotini topmagunicha davom etishiga ishontirdi.

Janubiy koreyalik mansabdor Kim Chen Inning iloji boricha tezroq uchrashish niyati va Trampning ushbu uchrashuvni shu yilning mayigacha o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют