» » Tramp: KXDR bilan bitimga kelmagunimizcha, unga qarshi sanksiyalar saqlanib qoladi

Tramp: KXDR bilan bitimga kelmagunimizcha, unga qarshi sanksiyalar saqlanib qoladi


AQSh Shimoliy Koreya bilan munosabatlarda katta progressga erisha oldi, ammo ikkala davlat Koreya yarim orolini yadrosizlantirish haqida bitimga kelmaguncha, Pxenyanga qarshi sanksiyalar saqlanib qoladi, deb yozadi “RBK”.

“KXDR yetakchisi Kim Chen In shunchaki Shimoliy Koreya yadro dasturini muzlatib qo‘yish emas, balki yadrosizlanish haqida gapirdi”, — deb yozdi AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z Twitter’ida.

Shuningdek, Kim Chen In Vashington bilan muzokaralar olib borilayotgan paytda raketa sinovlaridan voz kechishga tayyor. “Biz katta progressga erishdik, ammo biz bitimga kelmagunimizcha sanksiyalar saqlanib qolishi kerak”, — dedi Tramp. U, shuningdek, Kim Chen In bilan uchrashuv allaqachon rejalashtirilayotganini qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya delegatsiyasi orqali AQSh prezidenti Donald Trampga yaqin vaqtlar ichida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi. Tramp ushbu uchrashuvni shu yilning mayigacha o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют