» » Tripline.uz bilan dunyo bo‘ylab oson va ortiqcha to‘lovlarsiz sayohat qil

Tripline.uz bilan dunyo bo‘ylab oson va ortiqcha to‘lovlarsiz sayohat qil


Sayohat – har birimizning ko‘nglimizdagi orzu. Ba’zan notinch kundalik hayotning asirligidan qochib, dengiz va tropik tomon yo‘l olish yoki bo‘lmasa boshqa bir shahar bo‘ylab sayr qilish istagi paydo bo‘ladi. Va bu yangi taassurotlar hamda haqiqiy dam olishni anglatadi. Biroq sayohat paketlari narxining balandligi bunga imkon bermaydi. Eng maqbulini topish uchun o‘nlab turli xildagi takliflarni solishtirishga, har birining tafsilotlarini o‘rganishga yoki mustaqil sayohat qilishga to‘g‘ri keladi.

Tripline.uz yangi xizmati bu kabi muammolarni hal etadi. Uning ko‘magida siz bir lahzada tayyor sayyohlik paketini tanlashingiz, uning dasturi bilan tanishishingiz va uydan chiqmagan holda to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. Bunda birgina saytning o‘zida barcha muammolarni hal etish: aviachiptalar xarididan tortib (tez orada bu xizmat joriy etiladi) mehmonxonalar, transfer va sizga zarur bo‘lgan sayohatlarni bronlash imkoni mavjud.

Tripline.uz bugungi kunda 20 dan ziyod dam olish uchun va xizmat safarlarini tashkillashtirish uchun paketlarni taklif etuvchi sayyohlik operatorlari bilan hamkorlik qiladi. Ekskursiyalarning narxi, dasturlarning turli-tumanligi, mehmonxonalar tasnifi, joylashuvi, sayohat rejalari va galereyalarni solishtirishingiz mumkin. Bu o‘z navbatida, sayohat qilishni istaganlar va sayyohlik operatorlariga ortiqcha harajatlar to‘lamaslik uchun yaratilgan digital-turizm sohasidagi yagona savdo maydoni hisoblanadi.

“Maqsadimiz – insonlarning hayotini osonlashtirish va sayohat qilish uchun imkon yaratishdir, chunki bilasizki, boshqa bir joyda bir kunni o‘tkazish, uyda o‘n yilni o‘tkazishdan-da ko‘proq maroq beradi. Meni har doim Stiv Jobs ilhomlantirgan, ayniqsa, uning aqlsizlar haqidagi iborasi. Men o‘zgarishlar kiritishni, odamlarning hayotini soddalashtirish, maksimal darajada yaxshilashni istayman. Men o‘zimni va jamoamni aqldan ozgan deb hisoblayman, chunki faqat ular dunyoni o‘zgartira oladigan va o‘zgartirishga qodir ekanligiga ishonadi”, — deb ta’kidlaydi Tripline.uz asoschisi Iskandar Fozilov.

O‘zingizga ma’qul kelgan sayyohlik paketini uydan chiqmagan holda bronlashingiz mumkin: arizani onlayn to‘ldirib, to‘lovni plastik karta yordamida yoki ko‘rsatilgan joyda naqd pul asosida amalga oshirishingiz mumkin. Shundan keyingina chamadonni yig‘ib, yo‘lga otlanish imkoniga egasiz.

Yetakchi sayyohlik agentliklari bilan hamkorlik qilish natijasida, siz dunyoning turli mamlakatlariga sayohat qilishingiz uchun o‘nlab takliflar va ulardan o‘zingiz uchun eng qulayi va foydalisini tanlash imkoniga ega bo‘lasiz.

“Yangiliklar – bu men uchun maqsaddir. Bizning davrimizda biror bir yangilik qilish juda murakkab, sababi biz IT asrida yashamoqdamiz. Hayratlanarlisi, boshqalar uchun, hatto o‘zimiz uchun ham aytarli muhim bo‘lgan ishlarni amalga oshira oldik. Maqsad aniq – hech qanday to‘siqni ko‘rmayapman”, — deydi mazkur xizmat asoschisi Azizbek Ikromov.

Bundan tashqari, Tripline.uz O‘zbekiston bo‘ylab mehmonxonalarni bronlash imkonini beradi. Agarda siz respublikamizning biror bir shahariga sayohat qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, u holda o‘zingizga ma’qul bo‘lgan mehmonxonani tanlashingiz, shuningdek, onlayn tarzda bron qilishingiz, so‘ngra manzilga yetib kelgach, oldindan band etilgan xonaga darhol joylashishingiz mumkin.

Sihatgohlarda dam olishni xush ko‘ruvchilar esa onlayn tarzda yo‘llanmalarni xarid qilish imkoni yaratilgan, shu bilan birga buyurtmani rasmiylashtirishdan avval 3D-turlar bilan tanishishlari mumkin. Tez orada 3D-turlar barcha mehmonxona va sihatgohlar uchun joriy etiladi va bu sizga har bir yashash manzillarini batafsil ko‘rib chiqish va tanlash uchun imkon beradi.

Tripline.uz siz uchun “qaynoq takliflar”ni, ya’ni yanada arzon va qulay bo‘lgan narxlarni taklif etadi. Rejalarimiz — kelgusida iOS va Android qurilmalari uchun mobil ilovalarni ham ishga tushirish, shuningdek, dunyo bo‘ylab sayohatlar bazasini kengaytirishdir.

Tripline.uz – Sayohat qil. Oson. 

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют