» » Toshkent shahar IIBB boshlig‘i poytaxt aholisi bilan ochiq telemuloqot o‘tkazadi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i poytaxt aholisi bilan ochiq telemuloqot o‘tkazadi


Toshkent shahar IIBB boshlig‘i R. Jo‘rayev poytaxt aholisi bilan ochiq telemuloqot o‘tkazadi. Bu haqda boshqarma saytida ma’lum qilindi.

“Yaqin kunlarda ilk marotaba O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i R. Jo‘rayevning poytaxtimiz aholisi bilan ochiq telemuloqoti bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarnomada.

Tadbir O‘zbekiston Prezidentining 14-fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.

Muloqotga qo‘shilishni istaganlar o‘zini qiziqtirgan savollarni “Info@guvd.uz” elektron pochtasiga yuborishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют