» » Surxondaryoda 9 yildan beri qidiruvda bo‘lgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi

Surxondaryoda 9 yildan beri qidiruvda bo‘lgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari giyohvandlik vositalari kontrabandasiga aloqador xavfli jinoyatchini qo‘lga oldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sariosiyo tumanining Sebzor mahallasida yashagan 36 yoshdagi Soli Azabov (ism-sharif shartli) 2009-yil aprel oyida Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib ketgandi.

Qidiruvga berilgan bu shaxsning izi 9 yildan buyon topilmayotgan edi. U Tojikistondan mamlakat hududiga kirayotgan vaqtda aniqlanib, ushlandi.

Ayni paytda ushbu ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют