» » Suriyada joriy yilning dastlabki ikki oyida kasalxona va shifokorlarga 67 marotaba hujum uyushtirildi

Suriyada joriy yilning dastlabki ikki oyida kasalxona va shifokorlarga 67 marotaba hujum uyushtirildi


Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning dastlabki ikki oyi ichida Suriyadagi shifoxonalarga 67 marotaba hujumlar uyushtirilganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Fevral oyida tibbiyot infratuzilmalariga, uning xodimlari hamda tez yordam mashinalariga 43 marotaba hujum amalga oshirildi. Ulardan 39 tasi tashqi kuzatuvchilar tomonidan tasdiqlandi. Yana to‘rttasi — tasdiqlanish arafasida. Shu bilan birga yanvar oyida shu turdagi 31 ta mojaro qayd etilgan bo‘lib, ularning 29 tasi — tasdiqlangan. Joriy yilning dastlabi ikki oyida jami 67 marotaba hujum amalga oshirildi”, — deydi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy vakili Kristian Lindmayer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fevral oyida 28 ta hujum Sharqiy Gutada, o‘ntasi — Idlibda va bittasi — Xomsda amalga oshirilgan. Ammo u mazkur hujumlar qay tarzda amalga oshirilganiga aniqlik kiritmadi.

2018-yilning yanvar hamda fevral oyida amalga oshirilgan hujumlar soni 2017-yil davomidagi hujumlar sonining yarmiga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют