» » Samarqandlik deputat: To‘yiga 200 dan ko‘proq mehmon chaqirmoqchi bo‘lganlar davlatga qo‘shimcha soliq to‘lasin!

Samarqandlik deputat: To‘yiga 200 dan ko‘proq mehmon chaqirmoqchi bo‘lganlar davlatga qo‘shimcha soliq to‘lasin!


Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi deputati Farida Axtamovaning fikricha, 200 dan ortiq kishilik to‘y o‘tkazmoqchi bo‘lgan oilalar davlatga qo‘shimcha soliq to‘lashi kerak. Deputatning fikri “Zarafshon” gazetasida e’lon qilindi.

“Qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan to‘yning hashamat, o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga aylanib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ayniqsa, sarpo-suruqlarning yildan yilga ko‘payib borayotgani, to‘y qilaman, deya ota-onalar yosh farzandlarini chet elga jo‘natayotganini ham ko‘p kuzatamiz. Xo‘sh, bu holatlarni qadriyatimiz deb atash to‘g‘rimikan? Tuman ahli orasida to‘yini o‘z hududidagi restoranlarda o‘tkazishni istamay, shahardagi nomi chiqqan maskanlarda nishonlashga intilayotganlarni kim deb atash kerak?”, — deydi deputat Axtamova.

Ayni vaqtda, u joylarda olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari yetarli natija bermayotganini ham qayd etib o‘tgan.

“Payariq tumanida 70 ga yaqin mahalla bor. To‘ylarni ixcham o‘tkazish uchun doim targ‘ibot ishlari olib boriladi. Ammo mahalla faollarining bunday targ‘ibotlariga ‘Sizlarga nima?’ qabilida munosabat bildirayotganlar soni ko‘proq. Ehtimol, to‘yni qanday o‘tkazish har kimning shaxsiy ishi, deb hisoblarmiz. Unday bo‘lsa, mazkur masalada qonuniy asos bo‘lishi maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz. Xususan, 200 kishidan ortiq to‘y o‘tkazmoqchi bo‘lgan oilalar davlatga qo‘shimcha soliq to‘lashi kerak”, — deb taklif bildiradi deputat.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev dabdabali to‘ylar va ularga boradigan amaldorlarni tanqid qildi (audio)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют