» » Zangiotada masjid oldidagi mashinadan salkam 7 mln so‘m pul o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

Zangiotada masjid oldidagi mashinadan salkam 7 mln so‘m pul o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi


Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Mir Abdullo eshon” masjidi oldida qoldirilgan mashinadan pul o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabar berishlaricha, 8-mart, payshanba kuni soat 13:05 atrofida noma’lum shaxslar Erkin qo‘rg‘onida joylashgan “Mir Abdullo eshon” jo’me masjidi oldida qarovsiz qoldirilgan Hafei rusumli avtomashina oynasini sindirib, salonidan 6,9 million so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Sergeli tumani Nog‘ayqo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi, 1976-yilda tug‘ilgan D.Qodirov va Toshkent viloyati Zangiota tumani Yuqori Darxon mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1976-yilda tug‘ilgan J.Jumayev sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olindi”, — deyiladi vazirlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют