» » Liviya harbiy dengiz kuchlari O‘rtayer dengizida 335 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi

Liviya harbiy dengiz kuchlari O‘rtayer dengizida 335 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi


Liviya harbiy dengiz kuchlari O‘rtayer dengizining mamlakatga yaqin sohillarida 335 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Noqonuniy muhojirlar Misr, Marokash, Jazoir kabi turli arab mamlakatlari fuqarolari ekanligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

Sohil patrul xizmati 10-mart kuni uchta qutqaruv operatsiyasini amalga oshirgan. Ulardan eng so‘nggisida 98 kishi qutqarilgan bo‘lib, ular orasida Afrika mamlakatlaridan sakkiz nafar ayol ham bor.

Xabarda qayd etilishicha, muhojirlarga tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng ular Tripoli shahridagi noqonuniy migratsiya bilan kurashish bo‘yicha departamentga jo‘natilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют