» » Xitoyda mamlakat yetakchisining hokimiyatda bo‘lish muddatiga cheklovlar olib tashlandi

Xitoyda mamlakat yetakchisining hokimiyatda bo‘lish muddatiga cheklovlar olib tashlandi


Pekinda bo‘lib o‘tayotgan Umumxitoy xalq vakillari yig‘ini sessiyasida deputatlar mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlarni qabul qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Boshqa o‘zgarishlar qatorida konstitutsiyadan mamlakat rahbari o‘z lavozimini faqat ikki besh yillik muddat egallashi mumkinligi haqidagi tartib olib tashlandi. Xitoy Kommunistlar partiyasi markaziy qo‘mitasi tashabbusini 2958 deputat qo‘llab-quvvatladi. Ikki kishi qarshi chiqdi, uch kishi betaraf qoldi.

Sessiya matbuot kotibi Chjan Yesuyga ko‘ra, mamlakat yetakchisi hokimiyatda bo‘lishi muddatiga cheklovning olib tashlanishi konstitutsiyani Xitoy Kommunistlar partiyasi nizomiga muvofiq keltiradi. Mazkur nizomda markaziy qo‘mita bosh kotibi lavozimida bo‘lish muddatiga hech qanday cheklov yo‘q.

Ma’lumot uchun, konstitutsiya kiritilayotgan tuzatishlar Xitoyning amaldagi raisi Si Szinpinga 2023-yili uchinchi 5 yillik muddatga saylanish imkoniyatini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 26) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют