» » Rossiya havo-kosmik kuchlari “Kinjal” kompleksiga mansub gipertovushli raketani uchirdi (video)

Rossiya havo-kosmik kuchlari “Kinjal” kompleksiga mansub gipertovushli raketani uchirdi (video)


Rossiya havo-kosmik kuchlarining MiG-31 qiruvchi samolyoti “Kinjal” kompleksiga mansub gipertovushli aeroballistik raketa mashq-jangovor uchirishini amalga oshirdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

MiG-31 Janubiy harbiy okrug hududidagi aerodromdan parvoz qildi. Gipertovushli raketa poligondagi belgilangan nishonga borib tegdi.

Vazirlikka ko‘ra, tarkibiga MiG-31 qiruvchi samolyoti va yangi gipertovushli raketa kiruvchi “Kinjal” aviakompleksi ekipajlari 2018-yil boshidan beri 250 marotaba parvozni amalga oshirdi. Kompleks quruqlik va dengizdagi nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Uning gipertovushli raketasi dushman havo hujumiga qarshi mudofaa hududiga kirmasdan 2 ming kilometrdan ortiq masofadagi marraga zarba berishga qodir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 22:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют