» » AQSh gipertovushli qurolga qarshi kurash usulini topdi

AQSh gipertovushli qurolga qarshi kurash usulini topdi


AQSh gipertovushli qurolga qarshi turish uchun bazasi orbitada bo‘lgan radarlar tizimini rivojlantirishi kerak. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi boshlig‘i Jon Xayten aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pentagon Yerdagi aniqlash tizimlari yetarli emasligini tan oladi, shu sababli AQSh orbital radar yaratish uchun “bor-yo‘g‘i” bir necha milliard dollar ajratishi kerak.

Bunday tizim, general aniqlik kiritishicha, trayektoriyaning o‘rta qismida — jangovar kallak eltuvchidan ajralib, atmosferaning tepa qatlamlarida turgan vaqtda raketani kuzata oladi. Bundan tashqari, orbital radar yerdagi boshqa xavflarni, shu jumladan, gipertovushli qurilmalar ishga tushirilishini aniqlay oladi.

Xayten AQSh ushbu loyiha uchun zarur texnologiyalarga anchadan buyon ega ekanligini, ammo Pentagon mablag‘larni ballistik raketalardan himoyalanishga sarflab, kosmik qurilmalar yaratishni moliyalashtirishdan xavfsirayotganligini aytdi.

Nashr eslatishicha, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga yo‘llagan murojaatida “Xanjar” yuqori aniqlikdagi gipertovushli aviatsiya-raketa majmuasi tajribaviy-jangovar navbatchilikni qabul qilib olganini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют