» » Putinning bobosi Stalinning qo‘lida ishlagan, uning o‘zi esa bolaligidan “organlar”da ishlashni xohlagan

Putinning bobosi Stalinning qo‘lida ishlagan, uning o‘zi esa bolaligidan “organlar”da ishlashni xohlagan


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bobosi dastlab Leninning, keyinchalik Stalinning oshpazi bo‘lib ishlagan. Bu haqda Rossiya rahbari Andrey Kondrashovning “Putin” hujjatli filmida gapirib bergan, deb yozadi “Vesti.ru”.

Putin bobosi va boshqa qarindoshlarini o‘sha davrda repressiya qilishmaganini hayratlanarli holat deb hisoblaydi. “Demak, aksincha, ularni qadrlashgan, bu odamlar pand bermasligini tushunishgan”, — deb taxmin qildi u.

Putinning o‘zi, uning so‘zlariga ko‘ra, yuqori sinflardayoq “xavfsizlik organlari, iloji bo‘lsa, razvedka”da ishlashni istashi haqidagi xulosaga kelgan. “Menga bu juda qiziqarli, romantik bo‘lib tuyulgan”, — deya aniqlik kiritdi u.

Bir kishi yoki kichik bir guruh “butun bir kurashuvlarning borishiga, minglab odamlarning taqdiriga ta’sir o‘tkazishi mumkin”, va Vatanga xizmat qilishdan iborat bunday romantika “juda zavqli”, dedi Putin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 08:48)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют