» » Rossiyada O‘zbekistondan ko‘chib borgan 19 yoshli yigit bir ayolni daydi itlardan qutqaraman deb halok bo‘ldi

Rossiyada O‘zbekistondan ko‘chib borgan 19 yoshli yigit bir ayolni daydi itlardan qutqaraman deb halok bo‘ldi


Rossiyaning Moskva viloyati Istra shahar okrugi Kursakovo qishlog‘ida 19 yoshli yigit bir ayolni daydi itlar to‘dasidan himoya qilaman deb halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “MK.ru”.

11-mart, yakshanbaga o‘tar kechasi dugonasinikidan uyiga qaytayotgan ayolga daydi itlar galasi tashlangan. Shu paytda Oleg ismli yigitcha tayoq bilan paydo bo‘lib, ularni ayoldan ajratib olishga uringan. Olegning qo‘shnilari yordamga yetib kelgunicha, itlar uni g‘ajib o‘ldirishga ulgurgan. Qo‘shnilar — besh erkakkina itlar to‘dasini quvib yuborishga muvaffaq bo‘lgan.

Jabrlangan ayol kasalxonaga yetkazilgan va operatsiya qilingan, ayni paytda uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Daydi itlar maxsus tashkilot tomonidan tutib olingan.

Qayd etilishicha, marhumning oilasi Rossiyaga to‘rt yil avval ko‘chib kelgan, bungacha ular O‘zbekistonda yashagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 09:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют