» » Toshkentdagi Women Techmakers IWD 2018 tadbirida 110 ga yaqin xotin-qizlar qatnashdi

Toshkentdagi Women Techmakers IWD 2018 tadbirida 110 ga yaqin xotin-qizlar qatnashdi


110 nafarga yaqin qizlar va ayollar Women Techmakers 2018 International Women’s Day Celebration tadbiri doirasida o‘zlarining axborot texnologiyalari va innovatsiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ldi, deb yozadi Toshkentdagi Inha universiteti matbuot xizmati.

Women Techmakers – bu Google’ning brendi bo‘lib, yuqori texnologiyalar sohasidagi ayollar uchun global dastur hisoblanadi. Women Techmakers innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda ayollarni jalb etishga mo‘ljallangan resurs va hamjamiyatdir.

Women Techmakers tadbiri ayollarni yuqori texnologiyalar sohasida ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Women Techmakers IWD tadbiriga Toshkent shahridagi Inha universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda BMTTDning “Samarali Davlat Boshqaruvini rivojlantirish va Raqamli Transformatsiyaga ko‘mak” qo‘shma loyihasi hamda Super Dispatch, “Eskiz” va Tudor kompaniyalari qo‘llab-quvvatlashi yordamida Google Developer Groups (GDG) Tashkent tashkilotchilik qilishmoqda.

Women Techmakers IWD 2018 yilning fevral oyida tashkil etilgan GDG Tashkent ishlab chiqaruvchilar hamjamiyatining birinchi tadbiridir. Mazkur hamjamiyatning tashkil etilishiga Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari tashabbus ko‘rsatdi. Tadbir Xalqaro Xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazildi.

2018-yilning 11-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tgan tadbir ikki qismdan iborat bo‘ldi.

Women Techmakers IWD tadbirining ochilishida Google kompaniyasining vakili Barish Yesugey ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetining professori Kirti Set ayollarning kompyuter fanidagi roli to‘g‘risida ma’ruza o‘qidi.

Tadbir davomida Women Techmakers IWD qatnashchilari Uztelecom, MyTaxi va shu kabi kompaniyalarda ishlayotgan dasturchi qizlarning tajribasi bilan tanishdi.

Women Techmakers IWD doirasida qatnashchilar Java, Telegram-bot tilida dastur yaratish, algoritmlar, dasturiy ta’minotlarni sinovdan o‘tkazish va boshqalar bo‘yicha bilim oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют