» » Vebster universiteti delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

Vebster universiteti delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi


Vebster universiteti (AQSh) vitse-prezidenti Piter Maxer rahbarligidagi delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) kampusi hamda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda Inha rasmiy saytida xabar berildi.

Delegatsiya tarkibidan Uoker nomidagi Biznes va texnologiyalar maktabi dekani Simmon Kummings hamda mazkur universitetning ta’lim maktabi dekani Brenda Fayf o‘rin olgan edi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev mehmonlarni qutladi hamda Janubiy Koreyaning Inha universiteti ishtirokida bunyod etilgan universitetning faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi.

Mehmonlar universitening tarixi va faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, ularga Toshkent shahridagi Inha universiteti infratuzilmasini rivojlantirish hamda yoshlar uchun taklif etilayotgan ta’limiy dasturlarni kengaytirish bo‘yicha rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

AQSh universiteti delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universiteti kampusi hamda talabalar va o‘qituvchi-professorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Toshkent shahridagi Inha universitetiga bo‘lgan tashrifdan amerikalik delegatsiya a’zolarida iliq taassurotlar qoldi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют