» » Inha universiteti (IUT) va Toshkent kimyo-texnologiya instituti mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi

Inha universiteti (IUT) va Toshkent kimyo-texnologiya instituti mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi


Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI) bilim va tajribalarini almashish orqali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Bu haqda Inha universitetining matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev va Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Shuxrat Mutalov o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzoladi.

Memorandumni imzolash marosimi Toshkent shahridagi Inha universitetining binosida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki oliy o‘quv yurtining xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Memorandum doirasida oliy o‘quv yurtlari o‘zaro ilmiy izlanishlar hamda akademik ma’lumotlar, materiallar va maqolalar bilan almashishadi.

Tomonlar, shuningdek, ikkita o‘quv yurtlari tomonidan tashkil etiladigan turli seminar va ilmiy kengashlarda ishtirok etishadi.

Marosim doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti ma’muriyati xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetining akademik jarayoni bilan tanishishdi.

Shular, shuningdek, IUT professorlari hamda talabalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют