» » Toshkentdagi Inha universiteti mahalliy professorlarni tayyorlash bo‘yicha dasturni amalga oshira boshladi

Toshkentdagi Inha universiteti mahalliy professorlarni tayyorlash bo‘yicha dasturni amalga oshira boshladi


Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) mahalliy professorlarni tayyorlash bo‘yicha dasturni amalga oshira boshladi. Universitetning dastlabki o‘qituvchisi o‘z ko‘nikma va malakalarini oshirish uchun Janubiy Koreya Respublikasiga yuborildi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar bermoqda.

2015-yilning noyabr oyida IUT hamda Koreya Respublikasidagi Inha universiteti o‘rtasida mahalliy professorlarni tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolangan edi. Mazkur hujjat o‘zbekistonlik mutaxassislarni dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlarini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan.

Professor yordamchisi Husanbek G‘ofurov Koreya Respublikasidagi nufuzli Songyungvan (Sungkyunkwan University) universitetida mahalliy professorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha o‘z o‘qishini boshladi.

Husanbek G‘ofurov Songyungvan universitetida ikki yil tahsil oladi. O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng, IUT qoshida IT sohasi uchun kadrlarni tayyorlash ishiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

Mahalliy professorlarni tayyorlash dasturi doirasida biz har yili yosh mutaxassislarni xorijiy universitetlarda malaka oshirib, doktorlik darajasini olishi uchun yuborishni rejalashtirmoqdamiz. Biz AKT mutaxassislarini tayyorlash bilan bir qatorda mahalliy professorlarni tayyorlashga ham yetarlicha e’tibor qaratish zarur deb hisoblaymiz.

Sarvar Boboxo‘jayev, IUT rektori

Men Songyungvan universitetida ikki yil tahsil olish imkoniyatini yaratgani uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchi edim. Bugungi kunda O‘zbekiston rahbariyati fanning rivojlanishiga katta e’tibor qaratmoqda. Tahsil olib bo‘lganimdan so‘ng men ham mazkur jarayonga o‘z hissamni qo‘shaman degan umiddaman.

Husanbek G‘ofurov, professor yordamchisi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют