» » Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi: “Voyaga yetmaganlarning masjidga kirishi taqiqlanadi”

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi: “Voyaga yetmaganlarning masjidga kirishi taqiqlanadi”


9-mart kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining asosiy binosida “Yoshlar press-klubi”ning maxsus soni doirasida “Yoshlar tarbiyasida diniy ma’rifat masalasi” mavzusida muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Azon.uz” axborot-tahliliy portali xabar bermoqda.

Unda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiya markazidan vakillar ishtirok etdi.

Qiziqarli va konstruktiv ruhda o‘tkazilgan ushbu press klubda yoshlarning savollarini ko‘rsatuv boshlovchisi o‘qib eshittirdi.

Boshlovchi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Muhammadbobur Yo‘ldoshevga voyaga yetmagan shaxslarning masjidlarga borishi borasidagi savolni yo‘lladi.

“O‘zingiz savolda aytyapsizki, voyaga yetmaganlar deb. Ular oq-qorani ajratolmaydi. Do‘st dushmanni ajratolmaydi. Masjidga kirib namoz o‘qishiga kelsak, masjid muqaddas dargoh. Masjidga kelishda yetmishga yetgan va undan kattalar ham avvalo o‘zini poklaydi. Badanini, kiyimini poklab, keyin boradi. Yoshlarning masjidga kirishi shariatda ham, Payg‘ambarimiz alayhissalomning so‘zlarida, hadislarida ham qaytarilgan, bu gapni hurmatli Homidjon domla ham tasdiqlaydi, ‘Jannibu sibyanakumul masajida’ (‘Baraka topgurlar, voyaga yetmagan farzandlaringizni masjiddan yiroqlantiringlar’). Ya’ni voyaga yetmaganlarni masjidga kirishdan qaytaringlar degani. Mustaqillikning ilk yillarida masjidlar ko‘plab ochilganda, o‘zim guvohman, yosh bolalar masjidlarga poklanib kelishi u yoqda tursin, u yerda juda beodoblik qilishdi. Ovoz chiqarish bo‘lsin, o‘sha yerda tahorat buzishi bo‘lsin. Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari yodimga keldi va o‘z aksini topdi. Bunda din arboblari ham voyaga yetmaganlarni masjidga kirishdan taqiqlab qo‘ydi. Albatta, bola balog‘at yoshiga yetsin, oq-qorani ajratsin, pokizalikni, tahoratni tushunib yetsin. Ungacha kirishi taqiqlanadi”, — deb javob berdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili.

Shu o‘rinda boshlovchi savolga qo‘shimcha qilib, “otasi bilan borsa-chi?” — deb so‘radi.

Muhammadbobur Yo‘ldoshev “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida aytib o‘tilgan, ya’ni, voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish ota-ona yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs ixtiyoriga ko‘ra bo‘lishi mumkinligiga zid tarzda “otasi bilan bo‘lsa ham mumkin emas” deb aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют