» » Musulmonlar idorasining Fatvo bo‘limi boshlig‘i ro‘mol haqida: “Endi buni muammo yoki siyosiy tazyiq deb talqin qilish noto‘g‘ri”

Musulmonlar idorasining Fatvo bo‘limi boshlig‘i ro‘mol haqida: “Endi buni muammo yoki siyosiy tazyiq deb talqin qilish noto‘g‘ri”


9-mart kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining asosiy binosida “Yoshlar press-klubi”ning maxsus soni doirasida “Yoshlar tarbiyasida diniy ma’rifat masalasi” mavzusida muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Azon.uz” axborot-tahliliy portali xabar berdi.

Unda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiya markazidan vakillar ishtirok etdi.

Qiziqarli va konstruktiv ruhda o‘tkazilgan bu press-klubda yoshlarning savollarini ko‘rsatuv boshlovchisi o‘qib eshittirdi. Jumladan, u ko‘pchilik musulmonlarni qiynab kelgan masala, ta’lim muassasalari va ish joylarida ayol-qizlarning ro‘moliga bo‘layotgan salbiy munosabat, nima uchun ularning ro‘molini yechtirishga urinish bo‘layotgani haqida so‘radi.

Ushbu savolga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Fatvo bo‘limi mudiri Homidjon Ismatbekov quyidagicha javob berdi:

“Ro‘mol masalasining ko‘tarilishi tabiiy holat, biz buni to‘g‘ri jarayon, deb qabul qilamiz. Bugungi kunda yurtboshimiz tashabbusi bilan muammolarning tubiga yetib, ularni bartaraf etishga doir qator islohotlar o‘tkazilmoqda va ular qonun yo nizomlar darajasida o‘z yechimini topmoqda. Demak, bu masala ham sekin-asta qonun yo nizom darajasida o‘z yechimini topadi degan umiddamiz”.

Boshlovchi muammoning dolzarbligini bildirish uchun ta’lim muassasalari va ish joylarida ro‘mol va hijobga qarshi keskin siyosat yuritilayotgandan maqsad nimada, degan mazmundagi savolni yana qaytadan so‘radi. Shu mazmundagi savol yo‘llagan 22 kishining ism-sharifini nomma-nom sanadi.

“Endi buni muammo yoki siyosiy tazyiq bo‘lyapti deb talqin qilish noto‘g‘ri. Bu jarayon hozir ketyapti. Shu muammo ko‘tarildi. Diniy idora (O‘zbekiston musulmonlari idorasi)ga ham o‘z-o‘zidan murojaatlar kuchaydi. Albatta, hozirgi kunda idoramiz rahbarlari ro‘mol masalasida va ‘Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar haqida’gi qonunda ko‘rsatilgan yuqoridagi ro‘mol to‘g‘risidagi tushunchalar qay darajada talqin qilinishi yoki uni saqlab qolish kerakmi, yo‘qmi, shu to‘g‘risida takliflar berilgan. Rahbarlarimiz borib, muhokama qilib, qaysidir darajada buni hal qilish uchun takliflar berilyapti. Bu o‘zining o‘rni bilan hal bo‘ladi. Endi buni boshqacha talqin qilib, dinga tazyiq yoki boshqacha deb uni siyosiylashtirish noto‘g‘ri”, — deb aytdi Fatvo bo‘limi mudiri Homidjon Ismatbekov.

Qayd etilishicha, Oliy ta’lim muassasalari va Xalq ta’lim vazirligining odob-axloq qoidalariga kiritilgan ba’zi bandlarga ko‘ra, ayol-qizlarning ta’lim muassasaslariga ro‘molda kelishi taqiqlangani aytib kelinadi.

Jumladan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Oliy ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari”ning 3.2 bandida shunday deyiladi: “E’tiqod erkinligi diniy marosim liboslarida OTMga huquqini kafolatlamaydi”. Aynan shu qoidalarning 3.3 bandida esa, “OTMga diniy ibodat libosida kelish taqiqlanadi”, deb yozib qo‘yilgan.

Yorqin misol tarzida “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetinng odob-axloq qoidalari”ni ham olish mumkin. Universitet odob-axloq qoidalarining 4.5 bandida hijob va boshqa diniy kiyim boshlarni kiyishi taqiqlangani ochiq-oydin yozib qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 08:33)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют