» » Xitoy O‘zbekistonga innovatsion o‘qitish vositalarini yetkazib berdi

Xitoy O‘zbekistonga innovatsion o‘qitish vositalarini yetkazib berdi


Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ta’lim sohasi hisoblanadi, unga Xitoy Xalq Respublikasi hukumati grantlarining ahamiyatli qismi ajratilmoqda, deb yozadi “Nuz.uz”.

Bu sohada tomonlar bir qator muhim loyihalarni amalga oshirgan va oshirmoqda. Diplomatik aloqalar o‘rnatilgan vaqtdan buyon Xitoy o‘quv uskunalarini sotib olish uchun 30 million dollardan ortiq grantlarni ajratdi.

Xususan, 2016-yilda umumta’lim maktablarining 1—4-sinflari uchun chet tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv uskunalari partiyasi yetkazib berildi va chet tillarini o‘qitishning innovatsion uslublarni joriy qilish uchun o‘ziga xos asos bo‘ldi.

2017-yilda Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi chog‘ida umumta’lim maktablarida 5—9-sinflarda “Informatika” va “Chet tili” fanlarini o‘qitish sifatini oshirish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida ikki mamlakat o‘rtasida ayirboshlash notalari imzolangan edi. 2017-yil noyabrida ushbu loyihani amalga oshirish haqida shartnoma imzolandi. 2018-yil fevralida esa uskunalar Toshkentga yetkazildi, yaqin orada grant yukini topshirish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Xitoy tomoni kompyuter texnikasi, interaktiv taxtalar va boshqa zamonaviy, innovatsion o‘qitish vositalarini yetkazib berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют