» » O‘zbekiston va Xitoy neft-gaz sohasida qiymati 5 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan shartnomalar imzoladi

O‘zbekiston va Xitoy neft-gaz sohasida qiymati 5 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan shartnomalar imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida neft-gaz sohasi bo‘yicha umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 10 ta hujjat imzolandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” xoldingi raisi Alisher Sultonov “O‘zbekiston” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, imzolangan hujjatlar orasida Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘rta muddatga mo‘ljallangan shartnoma va “energiya tejamkorligi, energiya iste’molini kamaytirish masalalari bo‘yicha juda dolzarb loyiha” ham bor.

“Gazeta.uz”ning o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, “O‘zbekneftgaz” va Xitoy davlat taraqqiyot banki o‘rtasida “Sho‘rtan GKMning tozalangan metani bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” loyihasini birgalikda moliyalashtirish bo‘yicha qiymati 1,2 milliard dollarlik kelishuv, shuningdek, neft-gaz sektoridagi investitsiya loyihalarini hamkorlikda moliyalashtirish bo‘yicha qiymati 1 milliard dollarlik hadli bitimi imzolangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют