» » Fotogalereya: Jenevadagi avtosalonda namoyish etilgan aqlbovar qilmas yo‘ltanlamaslar

Fotogalereya: Jenevadagi avtosalonda namoyish etilgan aqlbovar qilmas yo‘ltanlamaslar


“Motor” nashri Jenevada bo‘lib o‘tayotgan avtosalonda namoyish etilgan aqlbovar qilmas yo‘ltanlamaslarning suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Range Rover SV Coupe

Yaqin orada mazkur mashina qaysidir rep-qo‘shiqchining klipida paydo bo‘lib qolsa ajabmas. Narxi salkam 300 ming dollar bo‘lgan avtomobildan 999 nusxada ishlab chiqarilgan. 585 kuchga ega Range Rover 97 km/soat tezlikka besh soniyada erishadi. Maksimal tezligi esa soatiga 265 kilometrni tashkil etadi.

Xaridorlar uchun SV Coupe salonining to‘rt xil variant taklif etiladi. G‘ildirak diskalari ham 21 dan 23 dyuymgacha. Salonga inControl Touch Pro Duo axborot-ko‘ngilochar tizimi hamda Meridian audiotizimi o‘rnatilgan.

Kahn Flying Huntsman 6X6 Civilian Carrier

Chelsida joylashgan kompaniya Jenevada bo‘lib o‘tadigan har safargi avtosalonga Defender’ning yangi versiyalarini taqim etadi. To‘g‘ri, Defender anchadan buyon ishlab chiqarilmaydi, uning barcha tyuning variantlari esa o‘ylab topilgandek tuyilishi mumkin, biroq Flying Huntsman 6X6 Civilian Carries buning aksini isbotlaydi. Yangi yo‘ltanlamas nafaqat qo‘shimcha uchinchi o‘qqa, balki to‘qqiz kishiga mo‘ljallangan salonga ham ega.

Bu kabi mashinaga buyurtma berish uchun xaridorlar kamida 249 995 funt to‘lashlari lozim. Salondagi barcha 9 ta o‘rindiq charmdan ishlangan, uzatmalar qutisi alyuminiydan ishlagan dastak yordamida boshqariladi.

Mansory Bentley Bentayga Bleurion Edition

Bleurion Edition’ning nafaqat tashqi kuzovi, balki saloni ham ko‘k rangli jihozlar bilan bezatilgan. G‘ildirak diskalari esa 24 dyuymli…

Mashinaga 750 ot kuchiga ega W12 dvigateli o‘rantilgan bo‘lib, maksimal tezligi soatiga 311 kilometrni tashkil etadi.

Brabus 550 Adventure 4?4?

Mazkur avtomobil bundan yarim yil oldin namoyish etilgandi. Adventure boshqa yo‘ltanlamaslar kabi Jeneva avtosaloniga ko‘rk bag‘ishlab turdi.

Mazkur mashinaga 550 ot kuchiga ega V8 dvigateli o‘rnatilgan. Brabus 100 km/soat tezlikka 6,7 soniyada erishadi. Maksimal tezligi esa soatiga 210 kilometr.

Sbarro 4x4+2

Shvetsiyaning unchalik ham katta bo‘lmagan Sbarro kompaniyasi daromadini ikkita narsa tashkil etadi: birinchisi, Mercedes 540K tipidagi klassik avtomobillarning nusxalarini yaratish, ikkinchisi, mijozlar buyurtmasiga asosan individual mashinalar ishlab chiqish.

Ko‘rinishi biroz g‘alati bo‘lgan Sbarro avtomobilining asosiy jihati — yon tomonlaridagi qo‘shimcha g‘ildiraklar. Ulardan zaxira g‘ildirak, yoki qo‘shimcha tayanch sifatida foydalanish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют