» » OAV: Xitoyda mamlakatdagi eng baland oynavand ko‘prik foydalanishga topshirildi

OAV: Xitoyda mamlakatdagi eng baland oynavand ko‘prik foydalanishga topshirildi


Xitoyning Sichuan provinsiyasida joylashgan Batayshan landshaft tog‘ bog‘ida dengiz sathidan 1980 metr balandlikda piyodalarga mo‘ljallangan shishali ko‘prik foydalanishga topshirildi. Mazkur ko‘prik mamlakat hududidagi eng balandda joylashgan shu turdagi ko‘prikka aylandi, deb xabar berdi “TASS”.

Xitoy markaziy telekanalining ma’lum qilishicha, ko‘prik yerdan 186 metr balandlikda (66 qavatli o‘smono‘par bino balandligidek) joylashgan. Uning uzunligi 198 metrni tashkil etadi: ko‘prik eni 2,5 metrli shaffof shishadan ishlangan.

Qurilish ishlari joriy yilning fevralida yakunlangan edi, biroq bir oy davomida konsturksiya sinovdan o‘tkazildi. Ommaga esa 10—11-mart kunlari ochildi. Loyihaning umumiy qiymati 1,58 million dollarga teng.

Xitoydagi eng uzun shishali ko‘prik 2017-yilning 24-dekabrida Xebey provinsiyasida ochilgan edi. Uning uzunligi 488 metrga, eni esa salkam 2 metrga teng. U Pinshan uyezdidagi Xunyagu qishlog‘ida ikkita tog‘ cho‘qqisini tutashtiradi. Ko‘prik vodiy uzra 218 metr balandlikda joylashgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют