» » Chempionlar Ligasi: Sardor Rashidov sobiq jamoasi darvozasiga gol urdi. Biroq “Lokomotiv” bu safar ham Qatar klubidan yengildi

Chempionlar Ligasi: Sardor Rashidov sobiq jamoasi darvozasiga gol urdi. Biroq “Lokomotiv” bu safar ham Qatar klubidan yengildi


Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi Chempionlar Ligasining 4-turida ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

O‘z maydonida Qatar Yulduzlar Ligasining so‘nggi ikki yillikdagi eng yaxshi jamoasi bo‘lmish “Al-Duhayl”ni qabul qilgan “temiryo‘lchilar” so‘nggi daqiqalar “qurboni”ga aylandi. Hisob 35-daqiqada Sardor Rashidov tomonidan ochilgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda qatarliklar 2 ta gol urishga erishdi.

Sardor Rashidov bir yil avval Qatarning “Al-Jaish” klubi sharafini himoya qilardi. Keyinroq “Al-Jaish” va “Lahviya” klublari birlashtirilib, “Al-Duhayl”ga asos solindi. “Al-Duhayl” Toshkentga kelishi oldidan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Qatar klubiga qarshi o‘yinning 88-daqiqasida himoyachi Shuhrat Muhammadiyev jarohat olib maydonni tark etdi va uning o‘rniga Salim Mustafoyev o‘yinga qo‘shildi. Shu o‘zgarishdan keyin “Al-Duhayl” ketma-ket 2 ta gol urishga erishdi. Tomonlarning Dohada o‘tgan birinchi o‘yinida qatarlik futbolchilar 3:2 hisobida zafar quchgandi.

“Lokomotiv” Chempionlar Ligasini “Al-Vahda”ni 5:0 hisobida mag‘lub etish bilan boshlagandi. Keyingi 3 ta turda esa Mirko Yelichich boshqarayotgan jamoa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

Chempionlar Ligasi

“B” guruhi. 4-tur

12-mart, dushanba

Gollar: Sardor Rashidov, 35 (1:0). Al-Arabiy, 90-pen (1:1). Al-Arabiy, 94+ (1:2).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют