» » SSSR xalq artisti Oleg Tabakov 83 yoshida Moskvada hayotdan ko‘z yumdi

SSSR xalq artisti Oleg Tabakov 83 yoshida Moskvada hayotdan ko‘z yumdi


SSSR xalq artisti, Moskva badiiy teatri (MXT, 2004-yilgacha MXAT) va “Tabakerka” teatri rahbari Oleg Tabakov 83 yoshida Moskvada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “PIA Novosti” xabar bermoqda.

Oleg Tabakov 1935-yilda Saratovda dunyoga kelgandi. MXAT maktab-studiyasini tamomladi, ko‘plab spektakllarda rollar ijro etdi. 2000-yildan MXAT badiiy rahbari, keyinchalik direktori lavozimini egalladi.

U kinodagi rollari bilan ham tanilgan, “Bahorning o‘n yetti lahzasi”, “Tush va o‘ngdagi parvozlar”, “Kaputsinlar xiyobonidan kelgan kishi”, “Yaqin doira”, “Qozonlik yetim” va boshqa filmlarda suratga tushgandi.

Aktyor “Bobik Barbos huzurida mehmonda”,“Prostokvashinodan uch kishi”, “Tipratikan va toshbaqa” kabi multfilmlardagi qahramonlar uchun ham ovoz bergandi.

Tabakov vafoti munosabati bilan u rahbarlik qilgan teatrlardagi spektakllar vaqtincha bekor qilindi. U bilan vidolashuv MXTda bo‘lib o‘tishi bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют