» » MDH mamlakatlari Xitoyning gaz bo‘yicha ehtiyojini qondiradi

MDH mamlakatlari Xitoyning gaz bo‘yicha ehtiyojini qondiradi


Xitoy Xalq Respublikasi rahbariyati tabiiy gaz importi sohasida Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqin hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi SNG Today. Ushbu qadam mamlakatning shimoliy hududlarini gaz bilan ta’minlashda 2017-yil qishida yuzaga kelgan muammolarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan chora-tadbirlardan biriga aylanadi.

Xitoyda tabiiy gaz iste’moli hajmi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Chunonchi, 2017-yil yakunlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 34 milliard kubometrga oshgan va Xitoy tarixidagi rekord darajaga yetgan.

Xitoyning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishda jiddiy rolni chet ellik yetkazib beruvchilar o‘ynashi kerak. Ular ayni paytda mamlakatda iste’mol qilinayotgan tabiiy gazning qariyb 40 foizini ta’minlamoqda, kelajakda esa ushbu raqam faqat o‘sib borishi taxmin etilmoqda.

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Xitoy gaz bozoridagi ulushini oshirish bo‘yicha jiddiy rejalar tuzmoqda. Bu yo‘nalishda Ostona ham olg‘a siljib, Pekin bilan gaz eksporti hajmini yiliga 10 milliard kubometrgacha yetkazish haqida bitim tuzishga ulgurdi.

Ayni vaqtda Xitoyning CNPC kompaniyasi O‘zbekiston energetika bozorini faol o‘zlashtirmoqda, u yerda yaqin vaqtlar ichida 8 ta yangi kon qazish, gaz yetkazib berish hajmini esa 1 milliard kubometrga yetkazish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют