» » Air China aviakompaniyasi KXDRga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

Air China aviakompaniyasi KXDRga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi


Xitoyning yetakchi aviakompaniyasi Air China Xitoy poytaxtidan Pxenyanga aviareyslarning vaqtinchalik bekor qilinganligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda 22-noyabr, chorshanba kuni Sina axborot portali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Bu qaror tijorat faoliyatini amalga oshirish borasidagi murakkab vaziyat tufayli qabul qilinganligi ta’kidlanadi. “Ushbu yo‘nalish bo‘yicha aviareyslar kelajakda bozordagi vaziyatga qarab qayta tiklanadi”, — aniqlik kiritadi aviakompaniya.

Xitoy aviatashuvchisi 14-apreldan 5-mayga qadar ushbu yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi tashishni to‘xtatib turgan edi.

Air China KXDRga havo qatnovini amalga oshiruvchi Xitoyning yagona kompaniyasidir. Pxenyanga va qaytish parvozlari haftada bir necha marta amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar soni kamligi tufayli avval ham ba’zi reyslarni bekor qilishga to‘g‘ri kelgan.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 7) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют