» » Air China Pekin va Pxenyan o‘rtasidagi aviaqatnovlarni to‘xtatadi

Air China Pekin va Pxenyan o‘rtasidagi aviaqatnovlarni to‘xtatadi


Air China aviakompaniyasi Pekin va Pxenyan o‘rtasidagi aviaqatnovlarni 17-apreldan to‘xtatadi. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur qaror ushbu yo‘nalishga bo‘lgan talabning nihoyat darajada pastligi sabab qabul qilingan.

Qayd etishlaricha, mazkur yo‘nalish bo‘yicha reyslar 2008 yildan beri amalga oshirib kelinayotgan bo‘lib, parvozlar bir necha bor turli sabablarga ko‘ra, xususan, reysning yo‘lovchilar bilan to‘lmagani sabab bekor qilingan.

Agence France-Presse’ning xabar berishicha, Xitoy aviakompaniyasining mazkur bayonotidan so‘ng, Shimoliy Koreya poytaxtiga endi faqat bitta – Air Koryo aviakompaniyasi samolyotlari parvoz qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют