» » Pentagon AQSh harbiy samolyoti bortidan olingan noma’lum uchar jism videosini oshkor qildi (video)

Pentagon AQSh harbiy samolyoti bortidan olingan noma’lum uchar jism videosini oshkor qildi (video)


2015-yilda AQSh harbiy-dengiz kuchlari uchuvchisi tomonidan Tinch okeani sohillari osmonida olingan noma’lum uchar jism aks etgan video 12-mart, dushanba kuni ABC telekompaniyasi tomonidan namoyish etildi, deb yozadi “TASS”. Unda xira konturdan iborat kichik oq nuqtani ko‘rish mumkin, uni samolyot apparaturasi bir necha soniyalar davomida qayd etgan.

Videoyozuv AQSh mudofaa vazirligi tomonidan oshkor etilgan va Stars Academy of Arts and Science xususiy tadqiqot kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Ushbu tashkilot vakili aytishicha, AQSh mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi tomonidan olingan videoyozuvda noma’lum uchar jismning yuqori tezlikdagi va katta bo‘lmagan balandlikdagi parvozi aks etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют