» » Hindistonlik fermerlar namoyish chog‘ida telefonlarini quvvatlantirish uchun boshlarida bir hafta quyosh panellarini olib yurdi (foto)

Hindistonlik fermerlar namoyish chog‘ida telefonlarini quvvatlantirish uchun boshlarida bir hafta quyosh panellarini olib yurdi (foto)


11-mart kuni o‘n minglab hind fermerlari Maxarashtra shtati poytaxti Mumbayga yetib keldi. Shu tariqa fermerlar va dehqonlar o‘zlarining bir haftalik norozilik marshini yakunladi: ular hukumatdan soliqlarni pasaytirish va qishloq xo‘jaligini isloh qilishni talab qilish uchun boshqa shahardan 167 km yo‘lni piyoda bosib keldi, deb yozadi TJournal. Hindiston Kommunistik partiyasi tomonidan tashkil qilingan namoyishlarda 35 ming kishi qatnashdi.

Marsh ishtirokchilari elektr energiyasi bo‘lgan joylarda deyarli to‘xtamadi, shu tufayli telefonlarni quvvatlantirishda muammoga duch keldi. Ammo ba’zi fermerlar boshlariga planshet kattaligidagi quyosh panellarini o‘rnatib oldi va shu tariqa o‘z qurilmalarini quvvatlantirdi, boshqalarga ham yordam berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shtat hukumati namoyishchilar bilan uchrashgan va ularning talablari bir qismini yarim yil ichida qondirishga va’da bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют