» » Tramp Eronga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi

Tramp Eronga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi


Donald Tramp Eronga qarshi AQSh prezidentining ijroiya farmoyishlari bilan 1995, 2010 va 2012—2013-yillarda kiritilgan sanksiyalar muddatini uzaytirdi, deb yozadi “TASS”.

Sanksiyalar navbatdagi bir yillik muddati tugaydigan 2018-yil 15-martdan boshlab yana bir yilga uzaytirilgan. Sanksiyalar muddatining uzaytirilishi sabablari sifatida “Eron hukumatining xatti-harakatlari va siyosati, shu jumladan, ballistik raketalarning ishlab chiqilishi, xalqaro terrorizmning qo‘llab-quvvatlanishi va inson huquqlarining buzilishi” tilga olingan.

Ayni vaqtda, Tehron va xalqaro vositachilar oltiligi (Rossiya, Xitoy, AQSh, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya) o‘rtasidagi Keng qamrovli harakatlar rejasiga muvofiq, yadro dasturi bo‘yicha Eronga qarshi sanksiyalarning bir qismini olib tashlash rejimi davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют