» » Farg‘onadagi Qur’on musobaqasining viloyat bosqichida jurnalistlar bilan yuzaga kelgan tushunmovchilik bartaraf etildi

Farg‘onadagi Qur’on musobaqasining viloyat bosqichida jurnalistlar bilan yuzaga kelgan tushunmovchilik bartaraf etildi


Bugun, 13-mart kuni Qur’on musobaqasi — 2018 Farg‘ona viloyat bosqichi Farg‘ona shahridagi “Fayz” to‘yxonasida boshlangani, lekin IIB xodimlari jurnalistlarni u yerga kiritmagani haqida xabar berilgan edi. Musobaqani kuzatish uchun borgan “Daryo” muxbiri Muhammadjon Obidovning xabar berishicha, viloyat hokimi o‘rinbosari Qamariddin Imomov ushbu masalani hal qilishda yordam ko‘rsatgan. Musobaqani kuzatish uchun kelgan minglab ixlosmandlar va jurnalistlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilgan.

Ayni damda “Fayz” va “Davr saroyi” to‘yxonalarida tilovat va hifz yo‘nalishida musobaqaning shahar, tuman bosqichi 37 nafar erkak va 19 nafar qiz-ayol g‘oliblari bahslashmoqda.

“Qur’on musobaqasining dastlabki bosqichida viloyatimizdagi 1244 nafar qori va qoriyalar qatnashgan edi. Bu respublika bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich. Holbuki, Farg‘ona viloyatida diniy madrasa, Qur’on o‘qitish maktabi yo‘q. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Farg‘ona fiqh maktabi ochildi va unda o‘n nafar imom-xatiblar tahsil olyaptilar. Inshoolloh, madrasa ham ochilishidan umidvormiz. Bugun musobaqa yakuniga yetib g‘oliblar aniqlangach, uning ishtirokchilari diniy idora vakilligi tashkilotchiligida Marg‘ilon va Farg‘ona mehribonlik uylariga borib 9 million so‘mlik sovg‘a-salomlarini topshirish ham rejalashtirilgan”, – deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyat vakili o‘rinbosari Alisher Naimov

Qur’on musobaqasi nizomda belgilanganidek, 18—25 va 25—40 yoshli qori hamda qoriyalar o‘rtasida o‘tmoqda. Uni kuzatishga kelgan, lekin “Fayz” saroyiga sig‘magan muxlislar uchun to‘yxona hovlisiga ulkan videomonitor ham o‘rnatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют