» » Kegeylida qizilmiya ekstrakti ishlab chiqariladi

Kegeylida qizilmiya ekstrakti ishlab chiqariladi


Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanida joriy yilda qizilmiya ekstrakti ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Lanko Miya” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi quriladi, deb xabar beradi O‘zA.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan qo‘shma korxona asosan farmatsevtika preparatlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yiliga 30 ming tonna qizilmiyani qayta ishlash orqali 1000—1500 tonna ekstrakt tayyorlanishi kutilmoqda. Tuman aholisi uchun muhim yangilik bo‘lgan korxona joriy yilning 1-iyulida ish boshlashi rejalashtirilgan.

“O‘tgan yilning may oyida tashkil etilgan korxonamizga kommunikatsiya texnologiyalari va asbob-uskunalar keltirildi. Tumanda joriy yilda 29 ming gektar yerga qizilmiya ekishni mo‘ljallaganmiz. Korxonamiz ishga tushgandan keyin 200 yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihaning umumiy qiymati 3 million 760 ming AQSh dollarini tashkil etadi”, — deydi “Lanko Miya” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Murod Gayipov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют