» » Video: Islom Karimov 1991-yilgi Namangandagi olomon bilan uchrashuv haqida

Video: Islom Karimov 1991-yilgi Namangandagi olomon bilan uchrashuv haqida


Islom Karimov fondi Ozbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1991-yil dekabrida Namanganda toplangan gazabnok olomon, uni boshqargan shaxslar bilan bolgan uchrashuvlar haqidagi xotiralari yozilgan videoni elon qildi.

Fondning Facebookdagi sahifasida 1991-yil dekabrida Birinchi Prezidentning Namanganda otkazgan xatarli uchrashuvi haqida, jumladan, shunday deyiladi:

Ozbekiston mustaqilligi elon qilinganidan uch oy otib, 1991-yil dekabr oyi boshida tajovuzkor kayfiyatdagi olomon Namangan shahri mamuriyati binosini egallab oldi. Mamlakat rahbari bilan uchrashishni talab qilgan toda Ozbekistonni radikal aqidaparastlikka asoslangan davlat sifatida elon qilishga chaqirdi.

Bu mustaqil Ozbekiston tarixidagi eng mushkul pallalardan biri edi. Zero, parchalanib ketgan Sovet Ittifoqidan ota abgor ahvoldagi iqtisodiyot meros qolgan, bir necha haftadan keyin, 29-dekabr kuni mamlakat tarixida ilk bor prezidentlik saylovi otishi kutilayotgan edi. Mustaqil respublika taraqqiyotning qaysi yoldan yurishi ayni shu saylov yakuniga bogliq edi.

Prezident Islom Karimov ommaviy galayon boshlanganining ertasi kuniyoq Namanganga yetib bordi. U oz davlati kelajagi oldidagi masuliyatni teran anglagan holda, tajovuzkor kayfiyatdagi olomon orasiga dadil kirib bordi. Prezident Islom Karimov mushkul vazifani bajarishi yigilganlarni tinchlantirib, kop yillik qirginbarot urushga aylanib ketishi mumkin bolgan tanglikni bartaraf etishi lozim edi.

Takidlash joizki, odamlar oz-ozidan yigilmagan edi olomonni mamlakatdagi dunyoviy hayot tarzini butkul ozgartirishga harakat qilayotgan kimsalar boshqarardi. Sovet imperiyasi parchalanganidan keyin otish davri hokimiyatidagi inqirozdan foydalangan Tohir Yoldoshev, Juma Namangoniy kabi kimsalar adolat uchun kurash shiorlarini niqob qilib, azaliy diniy va axloqiy qadriyatlarni tiklash lozimligini davo qilar, aslida esa hokimiyatni egallash va davlat boshqaruvi borasida oz tartib-qonunlarini ornatish qutqusi ila yonar edi.

Kopchilik hali ham yaxshi eslaydi: istiqlolning ilk kezlari mutaassib jangari guruhlar odamlarni dahshatga solish va oz kuch-qudratini namoyish etish aksiyalarini otkazar edi ular militsiya xodimlarini oldirar, davlat hokimiyati vakillari hamda, ular fikricha, togri yoldan yurmayotganlarni xalq oldida kaltaklab, sazoyi qilar, kalta sochli qizlarga tosh otar, boshqa din vakillarini haqoratlab qorqitar edi.

Namangan shahri mamuriyati binosini bosib olgan kimsalar oradan bir necha yil otib, Tojikistondagi fuqarolar urushi kezlari qurolli harakatlarda qatnashishi, Afgonistonda toliblar tomonida jang qilishi, bir qator davlatlarda terror hujumlarini tashkil etishi osha 1991-yili hech kimning xayoliga kelmagan edi. Tohir Yoldoshev va Juma Namangoniy Ozbekiston islom harakati deb atalgan terrorchi tuzilma asoschisi va yetakchisi boldi. Mazkur harakat 2001-yil 11-sentabr hujumidan keyin AQSH Davlat departamenti tomonidan eng xavfli xalqaro terrorchi tashkilotlar royxatiga kiritildi. Mazkur terrorchi guruh 2015-yildan buyon ISHID tarkibida.

Oshanda, 1991-yilning dekabrida Islom Karimov hayotini xatarga qoyib, Namangan shahri mamuriyati binosida yigilgan tajovuzkor kayfiyatdagi olomonni tinchlantirib, odamlarni uy-uylariga tarqalishga kondira olmaganda, Ozbekiston dunyoning qaynoq nuqtalaridan biriga aylanishi hech gap emas edi. Ozbekiston Birinchi Prezidentining qatiyati, mardligi, donoligi, oz vaqtida oylab, dadil amalga oshirgan chora-tadbirlari bois, ming shukrki, mamlakatimiz boshiga jangu jadallarda yuz minglab insonni qurbon bergan Tojikiston, Afgoniston, Suriya va Iroq kabi olkalarning achchiq qismati tushmadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-03-2018, 19:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -