» » Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan My First President kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan My First President kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi


7-sentabrda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining bosh binosida mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan My First President nomli kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur risolada O‘zbekiston Birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan tanlov g‘oliblarining ingliz tilida yozilgan insholari to‘plangan. Ushbu tanlovda oliy va o‘rta maxsus ta’lim yurtlari talabalari ishtirok etdilar.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Islom Karimov nomidagi Fond bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda 1400 nafarga yaqin oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdilar. Ulardan 36 nafar talabalar yozma ishlari hakamlar fikriga binoan, eng yaxshi yozilgan insho deb topildi.

Islom Karimov nomidagi Fond 4 nafar g‘olibni Apple Ipad planshetlari bilan, qolgan 32 nafar g‘olibni esa elektron kitoblar bilan taqdirladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov, Islom Karimov nomidagi Fond Vasiylik kengashi a’zosi Tatyana Karimova; Islom Karimov nomidagi Fond Boshqaruv raisi R.Mustayev, Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy majmua direktori T.Shirinov, Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy majmua direktori o‘rinbosari T.Kuziyev, diplomatik korpus vakillari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlari, jurnalistlar va boshqalar ishtirok etdilar.

Islom Karimov nomidagi Respublika jamoatchilik xayriya fondi 2016-yil oktabrda O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasi va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayeva tomonidan ta’sis etilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 12) ( 0) ( 12) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют