» » Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan e’lon qilingan grant doirasidagi saralash tanlovining yakuniy bosqichi boshlandi

Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan e’lon qilingan grant doirasidagi saralash tanlovining yakuniy bosqichi boshlandi


Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan joriy yilning yanvar oyida e’lon qilingan Yevropa va AQSh oliy o‘quv yurtlarida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil uchun grant doirasidagi saralash tanlovi yakuniy bosqichga kelib qoldi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Saralash imtihonlari bir necha bosqichda amalga oshirilib, chet tilidan maxsus test, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha test va suhbat, mutaxassislar bilan suhbat, IELTS testlaridan iborat bo‘ldi.

Ta’lim granti uchun saralash tanlovida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining 300 ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdi. Ulardan 25 nafari tanlovning oxirgi bosqichiga o‘tib, IELTS testlarida ishtirok etdi. Hozirda g‘oliblar soni va ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

G‘oliblar tanlov davomida o‘tkazilgan barcha test va imtihonlarda egallangan ballarning umumiy yig‘indisi asosida tanlanadi. Eng ko‘p ball to‘plagan nomzodlar Yevropa va AQSh oliy ta’lim muassasalarida magistrlik yo‘nalishida tahsil olish imkoniga ega bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют