» » Sirdaryoda 2 mingdan ortiq tadbirkorning faoliyati qayta tiklandi

Sirdaryoda 2 mingdan ortiq tadbirkorning faoliyati qayta tiklandi


Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalardan tadbirkorlar va aholi vakillarini xabardor qilish maqsadida uchrashuv, davra suhbati va seminarlar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda aytilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 2206 yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini qayta tikladi. Qolaversa, 491 yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatga olinib, yangidan ish boshladi.

25 nafar noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi tegishli moddalariga asosan jarimaga tortildi.

Ulardan 96 turdagi mahsulotlar vaqtinchalik olib qo‘yildi. Javobgarlikka tortilganlardan 16 nafari belgilangan muddatda faoliyatini qonuniy tartibda rasmiylashtirgani uchun tadbirkorlik faoliyatini davom ettirmoqda. Shuning uchun ularga nisbatan belgilangan ma’muriy javobgarlik choralari bekor qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют