» » O‘zbekistonda yakka va oilaviy tadbirkorlarga kredit berish soddalashtiriladi

O‘zbekistonda yakka va oilaviy tadbirkorlarga kredit berish soddalashtiriladi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subyektlari va aholining keng qatlamlariga mikrokreditlar berish tizimini soddalashtirish haqida qaror imzoladi, deb yozadi “Gazeta.uz” “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturiga tayanib.

Qarorga muvofiq, qayta ro‘yxatdan o‘tgan yakka tadbirkorlarga va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga yuridik shaxs tashkil qilmasdan turib, mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan mexanizmini joriy qilish ko‘zda tutilgan. Ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun sotib olinadigan tovarlar ta’minoti sifatida eng kam oylik ish haqining 20 baravarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.

Qo‘shimcha ravishda qayta ro‘yxatdan o‘tgan yakka tadbirkorlarga va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari kafilligi asosida eng kam oylik ish haqining 60 baravarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratish amaliyoti kengaytiriladi.

Markaziy bankka bir oy ichida yuqorida aytib o‘tilgan mikrokreditlarni ajratishning soddalashtirilgan tartibini tasdiqlash tavsiya etildi.

Qator faoliyat turlarini (ro‘yxat keyinroq e’lon qilinadi) amalga oshiruvchi yakka tadbirkor va oilaviy tadbirkorlik subyektlari 2021-yil 1-yanvargacha yuqoridagi mikrokreditlarni rasmiylashtirganda 6 oygacha muddatga qat’iy belgilangan soliq to‘lovidan ozod etiladi.

Опубликовано: admin (19-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют