» » O‘zbekistonda Abay adabiy merosi keng targ‘ib qilinadi

O‘zbekistonda Abay adabiy merosi keng targ‘ib qilinadi


O‘zbekistonda buyuk qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyevning “Saylanma” asari, shuningdek, “O‘zbek va qozoq adabiy aloqalari” nomli adabiy-tahliliy maqolalar to‘plami nashrga tayyorlanadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 13-martdagi “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilandi.

Shuningdek, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Abay va o‘zbek adabiyoti” nomli doimiy ekspozitsiya tashkil etiladi. Har yili shoir tug‘ilgan 10-avgust sanasida Toshkent shahrida o‘rnatilgan Abay Qo‘nonboyev haykali poyiga gul qo‘yish marosimi va mushoira, o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida “Abay asarlarining bilimdoni” insholar ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Ommaviy axborot vositalarida Abay Qo‘nonboyev hayoti va ijodi haqida turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar, maqolalar berib boriladi.

Abay Qo‘nonboyev hayoti va ijodi haqida yaratilgan badiiy va hujjatli filmlarni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallari orqali namoyish etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish tadbirlari uyushtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют