WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » OAV: “Tolibon” Toshkentda o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralarga qiziqish bildirdi
OAV: “Tolibon” Toshkentda o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralarga qiziqish bildirdi
“Tolibon” harakati Toshkent shahrida 26—27-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga qiziqish bildirdi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettisga tayanib, Reuters ma’lum qildi deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.
“Biz ‘Tolibon’ tomonidan qiziqish borligi haqida bildik. Bizda kelishni boshlagan yoki muzokaralarga qiziqish bildirgan ayrim uncha katta bo‘lmagan guruhlar haqida ma’lumot mavjud”, — dedi Mettis Afg‘onistonga amalga oshirgan e’lon qilinmagan tashrifi chog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston TIV “Tolibon” Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasida ishtirok etish yuzasidan so‘rov bermaganini bildirgandi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?