» » O‘zbekiston Qur’on musobaqasining Toshkent shahar bosqichi 18—19-mart kunlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Qur’on musobaqasining Toshkent shahar bosqichi 18—19-mart kunlari bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston xalqining ixlosu-muhabbatlari ostida o‘tayotgan Respublika Qur’on musobaqasi qizg‘in pallaga kirib bormoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligidan xabar berishlaricha, bugungi kunda joylarda musobaqaning ikkinchi — viloyat bosqichlari o‘tkazilib, qiroat mohirlari aniqlanmoqda.

“Poytaxtimizda ham tumanlarida eng yaxshi deb topilgan hofizi Qur’onlar musobaqaning Toshkent shahar bosqichida ishtirok etadi. G‘oliblarni esa Respublika bosqichi kutmoqda”, — deyiladi vakillik axborotida.

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston Qur’on musobaqasining Toshkent shahar bosqichi 18—19-mart kunlari poytaxtdagi “Navro‘z” tantanalar saroyida bo‘lib o‘tadi. Erkaklar o‘rtasidagi musobaqa 18-mart kuni soat 9:00 da boshlansa, ayollar o‘rtasidagi bellashuv 19-mart kuni soat 9:00 ga belgilangan.

Toshkent shahar vakilligidan alohida qayd etishlaricha, musobaqaga kirish bepul bo‘lib, taklifnoma yoki hujjat talab qilinmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют