WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkentda ikkita Nexia to‘qnashib, yonib ketdi (foto)
Toshkentda ikkita Nexia to‘qnashib, yonib ketdi (foto)
13-mart, seshanba kuni taxminan 20:25 da Toshkentning Shayxontohur tumanida ikki avtomobil to‘qnashib, yonib ketdi, deya xabar bermoqda UzNews.
Nashr Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidagi manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, Nexia rusumidagi ikki avtomobil quvib o‘tish chog‘ida o‘zaro to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobillardan birining yoqilg‘i bakida uchqun chiqib, kuchli yong‘inga sababchi bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmagan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?